Kontentga o'tish
Asosiy.net
Biznes

Maseratti ham Xitoy brendiga aylanadimi ?

Maserati brendini qayta tiklash maqsadida Xitoyning Huawei va JAC Motors kompaniyalari bilan hamkorligi qog'ozdagi loyihadan aniq harakatlarga ko'chmoqda.

Davronbek Sanakulov
21-sentabr, 2026 · 1 daq. o'qish
Maseratti ham Xitoy brendiga aylanadimi ?
Lenta
AIAI-xulosa
  • Maseratti ham Xitoy brendiga aylanadimi ?
  • Maserati brendini qayta tiklash maqsadida Xitoyning Huawei va JAC Motors kompaniyalari bilan hamkorligi qog'ozdagi loyihadan aniq harakatlarga ko'chmoqda.

Maserati brendini qayta tiklash maqsadida Xitoyning Huawei va JAC Motors kompaniyalari bilan hamkorligi qog'ozdagi loyihadan aniq harakatlarga ko'chmoqda. "Future Cars Daily" nashrining sanoat manbalariga tayanib xabar berishicha, Italiyaning nufuzli avtomobil ishlab chiqaruvchisi ikkita yangi elektromobil  modelini: o'rta va yirik o'lchamdagi sof elektrik SUV hamda yirik sof elektrik GT (GranTurismo) modellarini ishlab chiqarish rejasini yakunlagan.

Ushbu loyiha uch tomonlama strategik alyansga asoslanadi: Huawei Harmony Intelligent Mobility Alliance  platformasini, jumladan intellektual boshqaruv va avtopilot (Qiankun ADS) tizimlarini taqdim etadi. JAC Motors o'zining "Maextro" zavodida injiniring va yig'ish ishlarini bajarsa, Maserati 100 yillik dizayn an'analari va xalqaro savdo tarmoqlarini ishga soladi. Qiziq tomoni shundaki, ushbu avtomobillar Xitoy bozorida "Maextro" brendi ostida sotiladi, jahon bozorlarida esa mashhur Maserati nishonini saqlab qoladi. Narx va hashamat o'rtasidagi muvozanatni saqlash maqsadida "SKD" (Semi Knocked Down) usuli qo'llaniladi. Unga ko'ra, mashinaning xomaki kuzovi (white body) Xitoyning Xefey shahridagi JAC zavodida yig'ilib, so'ngra yakuniy hashamatli interyer va shassilarni sozlash uchun Italiyaga, Maserati'ning tarixiy Kassino va Modena zavodlariga yuboriladi.

Maserati uchun bu juda muhim qadam hisoblanadi. 2025-yilda kompaniyaning global savdosi 8 000 donadan tushib ketdi — bu 2017-yildagi eng yuqori ko'rsatkichdan 80 foizga kam va so'nggi o'n yillikdagi eng yomon natijadir. Katta moliyaviy yo'qotishlar (198 mln yevro zarar) fonida Stellantis bosh direktori Antonio Filosa brendni sotmasdan saqlab qolish uchun kuchli sanoat hamkorlari kerakligini ta'kidlagan. Endilikda Yaqin Sharq, Italiya, Fransiya va Germaniya kabi bozorlarga e'tibor qaratilmoqda.

Izohlar (0)

Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldira oladi. Kirish

Hozircha izohlar yo'q. Birinchi bo'ling!

Shuningdek o'qing

Xolding ichidagi aylanma: Neftgaz o'zidan yoqilg'i oldi
Biznes· 2 daq. o'qish

Xolding ichidagi aylanma: Neftgaz o'zidan yoqilg'i oldi

"O'zbekneftgaz" AJ xolding ichki kapital aylanmasini mustahkamlash doirasida o'ziga yuz foiz tegishli bo'lgan "Uzbekistan GTL" zavodidan 27,5 mlrd so'mlik elektr energiyasi sotib oldi. Mazkur yirik ikki tomonlama kelishuv joriy yilning 7-sentyabr kuni rasmiylashtirilgan.

Davronbek Sanakulov
10-sen
···