Rossiya hukumati 2027–2029-yillarga mo‘ljallangan davlat byudjeti loyihasida xorijiy davlatlarga har yili qariyb 6 milliard dollar miqdorida moliyaviy va eksport kreditlari ajratishni rejalashtirmoqda.
Hujjatga ko'ra, xorijiy qarzlar uchun 2027-yilda 524,4 mlrd rubl, 2028-yilda 552 mlrd rubl va 2029-yilda 576 mlrd rubl yo'naltiriladi. Loyihaning tushuntirish xatida ta'kidlanishicha, ushbu yirik mablag‘lar joriy xalqaro loyihalarni yakunlash, hukumatlararo majburiyatlarni bajarish, shuningdek, yuqori raqobatbardosh mahalliy sanoat mahsulotlari eksportini moliyaviy jihatdan qo'llab-quvvatlash maqsadida sarflanadi.
30-sentyabr kuni Davlat Dumasiga kiritilgan byudjet loyihasiga asosan, 2027-yilda davlat daromadlari 43,3 trln rublni, xarajatlar esa 48,7 trln rublni tashkil etishi kutilmoqda. Byudjet taqchilligi 5,4 trln rublga (YaIMning 2,2 foizi) yetishi prognoz qilinmoqda, bu xarajatlarning o'tgan yilgi rejalardan sezilarli darajada oshganini ko'rsatadi.



