Kontentga o'tish
Asosiy.net
Biznes

O'zbekistonda 127 un zavodi talablarga javob bermaydi

Tekshiruvlar davomida ko'plab korxonalarda maxsus sertifikatlar va sanitariya xulosalari yo'qligi aniqlandi.

Davronbek Sanakulov
2-oktabr, 2026 · 1 daq. o'qish · yangilandi 2-oktabr, 2026
O'zbekistonda 127 un zavodi talablarga javob bermaydi
← Lenta
AIAI-xulosa
  • —O'zbekistonda 127 un zavodi talablarga javob bermaydi
  • —Tekshiruvlar davomida ko'plab korxonalarda maxsus sertifikatlar va sanitariya xulosalari yo'qligi aniqlandi.

Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi O'zagroinspeksiya bilan hamkorlikda birja orqali bug'doy xarid qilgan un ishlab chiqaruvchilarni xatlovdan o'tkazdi. 

Tekshiruv davomida korxonalarning ishlab chiqarish quvvati, donni qayta ishlash hajmi, saqlash omborlari holati, shuningdek, muvofiqlik sertifikati va sanitariya-epidemiologiya xulosalari mavjudligi o'rganildi. Natijada O'zbekistondagi 301 ta un ishlab chiqaruvchi subyektdan 127 tasining belgilangan talablarga mutlaqo javob bermasligi ma'lum bo'ldi. 

Ularning 49 tasi o'z ishlab chiqarish quvvatiga ega bo'lmay, buyurtmachi xomashyosini qayta ishlash asosida ishlasa, 22 tasi vaqtincha faoliyat yuritmayapti, 6 tasining ishi esa butunlay to'xtatilgan. Yana 42 ta korxonada muvofiqlik sertifikati, 8 tasida esa sanitariya xulosasi mavjud emasligi aniqlandi.

Izohlar (0)

Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldira oladi. Kirish

Hozircha izohlar yo'q. Birinchi bo'ling!

Shuningdek o'qing

Navoiyazot tushumi  yarim yilda 4.6 trln so'mga yetdi
· 5 daq. o'qish

Navoiyazot tushumi yarim yilda 4.6 trln so'mga yetdi

O‘zbekiston iqtisodiyotining tayanch ustunlaridan biriga aylangan "Navoiyazot" aksiyadorlik jamiyatining tarixi uzluksiz texnologik evolyutsiya va strategik yuksalish yo‘lidir. Bu korxona shunchaki sanoat obyekti emas, balki mintaqa qishloq xo‘jaligini xomashyo qaramligidan qutqargan iqtisodiy fenomendir.

Davronbek Sanakulov
14-sen
···