Kontentga o'tish
Asosiy.net
Moliya

Toshkentda bank xodimlari $300 ming o‘zlashtirdi

Poytaxtdagi banklardan birida mijozning omonatidan qalbaki hujjatlar orqali 300 ming dollar talon-toroj qilingani aniqlandi.

Davronbek Sanakulov
21-sentabr, 2026 · 1 daq. o'qish · yangilandi 21-sentabr, 2026
Toshkentda bank xodimlari $300 ming o‘zlashtirdi
Lenta
AIAI-xulosa
  • Toshkentda bank xodimlari $300 ming o‘zlashtirdi
  • Poytaxtdagi banklardan birida mijozning omonatidan qalbaki hujjatlar orqali 300 ming dollar talon-toroj qilingani aniqlandi.

TOSHKENT — Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma'lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahridagi tijorat banklaridan birining mas'ul shaxslari yirik miqdordagi mablag‘larni talon-toroj qilishda gumonlanmoqda. 

Dastlabki o‘rganishlar natijasida, bank xodimlari fuqaro I.M. nomidan qalbaki ariza va boshqa rasmiy hujjatlarni tayyorlab, uning hisobidagi 500 ming AQSh dollari miqdoridagi omonatning 300 ming dollarini o‘zlashtirgani ma'lum bo'ldi. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) hamda 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar (0)

Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldira oladi. Kirish

Hozircha izohlar yo'q. Birinchi bo'ling!

Shuningdek o'qing

Mikroqarz bozori: Muammoli qarzlar ko'rsatkichi  459,9 milliard so'mga yetdi
Bozorlar· 2 daq. o'qish

Mikroqarz bozori: Muammoli qarzlar ko'rsatkichi 459,9 milliard so'mga yetdi

O'zbekiston mikroqarz bozori atigi bir yil ichida o'z aktivlarini ikki barobarga oshirib, 18,91 trillion so'mlik ulkan moliyaviy imperiyaga aylandi. Ammo bu tajovuzkor o'sish ortida mudhish statistika yashiringan: ayrim kredit tashkilotlarining portfelida muammoli qarzlar ulushi 72 foizdan oshib ketdi.

Davronbek Sanakulov
5-sen
Farhod Mamajonov: Omon qolish san'ati!
· 4 daq. o'qish

Farhod Mamajonov: Omon qolish san'ati!

To'qimachilikdan tortib to havo yo'llarigacha bo'lgan strategik tarmoqlarni qamrab olgan ushbu ulkan konglomerat har yili yuz millionlab dollar eksport tushumini generatsiya qilmoqda. Endi esa ushbu kapital mamlakat moliya va telekommunikatsiya bozorining asosiy qoidalarini qaytadan yozib chiqishga tayyorlanmoqda.

Davronbek Sanakulov
28-avg
···