Kontentga o'tish
Asosiy Aktiv
Siyosat

Davlat mulkini sotib olish shartlari yengillashdi

Mazkur muhim strategik hujjat tadbirkorlar va davlat o'rtasida o'tkazilgan VI ochiq muloqot chog'ida belgilab berilgan maqsadlarning amaliy va mantiqiy davomidir.

Davronbek Sanakulov
10-sentabr, 2026 · 2 daq. o'qish · yangilandi 10-sentabr, 2026
Davlat mulkini sotib olish shartlari yengillashdi
Lenta
AIAI-xulosa
  • Davlat mulkini sotib olish shartlari yengillashdi
  • Mazkur muhim strategik hujjat tadbirkorlar va davlat o'rtasida o'tkazilgan VI ochiq muloqot chog'ida belgilab berilgan maqsadlarning amaliy va mantiqiy davomidir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-sonli farmoni e'lon qilinishi bilan iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish va xususiylashtirish jarayonlari mutlaqo yangi bosqichga ko'tarildi. Mazkur muhim strategik hujjat tadbirkorlar va davlat o'rtasida o'tkazilgan VI ochiq muloqot chog'ida belgilab berilgan maqsadlarning amaliy va mantiqiy davomidir. Yangi tahrirdagi farmon mamlakatda tadbirkorlik va xususiy mulkchilik muhitini keskin o'zgartiruvchi, xususan, davlat aktivlarini va qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini sotib olishda misli ko'rilmagan yengilliklar, katta moliyaviy chegirmalar va moslashuvchan mexanizmlarni o'z ichiga oladi. 

Yangi hujjatning asosiy mohiyati xaridorlarga ham iqtisodiy, ham protsessual jihatdan katta imtiyozlar taqdim etishga qaratilgan.

 Xususiylashtirish jarayonini jadallashtirish maqsadida ko'chmas mulk va yer uchastkalari uchun to'lov shartlari tubdan qayta ko'rib chiqilgan. Eng katta yangiliklardan biri shundaki, xaridor endilikda davlat obyekti yoki yer uchastkasini sotib olayotganda dastlabki avans to'lovini atigi 15 foiz miqdorida amalga oshirishi mumkin, uning muddatiga esa 30 kalendar kuni ajratilgan. Qolgan summa tegishli qonunchilikda ko'rsatilgan muddatlarda foizsiz va bo'lib-bo'lib to'lanadi, bu esa investorlarning va tadbirkorlarning moliyaviy yuklamasini keskin pasaytiradi.  Ayniqsa, katta hajmdagi xaridlar uchun qo'shimcha rag'batlantirish choralari belgilangan. 

Agar onlayn auksion va birja orqali sotilgan davlat aktivining qiymati bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 23 000 baravaridan, qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkasining narxi esa BHMning 8 000 baravaridan yuqori bo'lsa, xaridorlarga o'ziga xos to'lov vaucherlari taklif etiladi: 

  •  100 foizlik summani 6 oy davomida to'liq to'lagan xaridor uchun umumiy qiymatdan avtomatik ravishda 25 foiz chegirma qo'llaniladi.Mablag'ining 50 foizini dastlabki 6 oyda to'lagan xaridorga esa qolgan pulni foizsiz 7 yil davomida bo'lib to'lash imkoniyati taqdim etiladi.Dastlabki to'lov sifatida 3 oy ichida 35 foiz mablag' kiritsa, yechim qolgan summani 5 yil davomida bo'lib to'lash huquqi bilan birga keladi.E'tiborli jihati, to'lovning 50 foizini kiritgan xaridor to'liq summani yopmasidanoq obyektni rekonstruksiya qilish, yangidan qurish yoki ta'mirlash ishlarini erkin boshlashi uchun qonuniy huquqqa ega bo'ladi. Bozorda xaridorlarni yetarli darajada qiziqtirmagan, "qotib qolgan" obyektlarni sotishni tezlashtirish maqsadida, ularni realizatsiya qilish mehanizmlari ham yengillashtirilgan. 
  • Agar biron bir davlat aktivi auksion va birjalarda 3 oy davomida sotilmay tursa, uning boshlang'ich narxi qoldiq yoki sof qiymatidan qat'iy nazar bosqichma-bosqich ravishda 10 foizgacha (har qadami 10 foiz) tushirib boriladi. Bunga qo'shimcha ravishda, agar obyekt 2 oy ichida harid qilinmasa, Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga  mazkur mulkni alohida kichik lotlarga bo'lib yuborish yoki bir nechta lotlarni bittasiga birlashtirish kabi savdoga qayta joylashtirish vakolati berildi. Bundan tashqari, auksion tizimi o'zining tezkorligini ham oshiradi. 
  • Obyektning boshlang'ich narxini o'stirish bo'yicha qadam o'lchami narxning atigi 1 foizi etib belgilandi. Savdo xabarnomasi chiqarilishi kerak bo'lgan muddat esa ikki baravarga — 30 kundan 15 kunga, takroriy savdolarda esa 10 kundan 5 kunga qisqartirildi. Shuningdek, 3 oydan ortiq sotilmagan obyektlarni realizatsiya qilish jarayoni gibrid auksion (anglo-golland) usuliga o'tadi. Bunda takroriy savdolar boshlang'ich narxdan pasaytirib borish bilan (har bosqichda 2 foiz), va nihoyat, taklif kelib tushganda o'sha narxdan yuqorilash bo'yicha tashkil qilinadi. 
  • Qiziqarli va mutlaqo kutilmagan ijobiy holatlardan biri, agar obyekt yana savdoga qo'yilganda faqat bitta talabgor kelsa ham, obyekt u orqali qilingan so'nggi e'lon qilingan narxda to'g'ridan-to'g'ri unga sotib olish uchun taklif qilinadi. Yana bir muhim jihat shuki, ma'lum muddat sotilmagan, uzoq manzillarda joylashgan yer va binolarni investorlarning mulk yoki ustav kapitaliga ulush sifatida, jumladan 1 nafar talabgor bo'lgan holatda ham, kiritib yuborish amaliyoti ruxsat etiladi. Ko'chmas mulk sotib olinganda, oldingi hujjatda belgilangan barcha ijara va mulkiy huquqlar yangi subyekt uchun to'liq saqlanib qolinadi va yangi ijara shartnomasi rasmiylashtirish talab qilinmaydi. 
  • Eng asosiysi, endi xaridorlarga hokimiyat organlari va ularning investitsiya kompaniyalari tomonidan hamma hujjatlari taxt holatdagi "tayyor paket" usulidagi yer uchastkalari taklif qilinadi, buning uchun xarajatlar yerni sotishdan tushgan pullar hisobidan qoplanadi. Bularning barchasi sarmoyadorlarga maksimal qulaylik yaratish orqali xususiy biznesni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va milliy iqtisodiyotda davlat ulushini kamaytirish yo'lidagi aniq natijaga qaratilgan keng miqyosli harakatlardir.  

Izohlar (0)

Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldira oladi. Kirish

Hozircha izohlar yo'q. Birinchi bo'ling!

Shuningdek o'qing

···